Sarob Guruhi - Bilmadim Ona
Do'stlarim hiylasiga aldanib qolib,
Yuragim yondiyu yonmadim ona.
Boshim urilganda devolga borib,
Ularday maqsadimdan tonmadim ona.

Jigarlarim ranjitdilar arzimaslar deb,
Men ularga zardalar qilmadim ona.
Kimlar dushmanligin oldimku bilib,
Kimlar do'stligini bilmadim onam.

...Naqorat 2-marta aytiladi...
Onam, ularga siz aytin ona.
Tizzada tursamam, yelkam yerga tegmaydi.
Onam, ularga siz aytin ona,
Kamina yaratgandan o'zgasiga, bo'yin egmaydi.

Bir umr, birga dardlarni yengamiz dedi,
Ammo birozgina, dardlarimmi olmadi ona.
Oilamga oilangiz teng emas dedi,
Sevgiga zarracha ham, ishonchim qolmadi ona.

Yo'larimni to'sishdilar oshib o'tildim,
Oyog'imdan chalishdilar, yiqilmadim ona.
Yo'larimni tor qildilar toshib o'tdim,
Shukur yaratgan qo'lar, tiqilmadim ona.

...Naqorat 2-marta aytiladi...
Onam, ularga siz aytin ona.
Tizzada tursamam, yelkam yerga tegmaydi.
Onam, ularga siz aytin ona,
Kamina yaratgandan o'zgasiga, bo'yin egmaydi !
Категория: Sarob guruhi | Добавил: Shaxzodbek_Yoqubov (01-10-2018)
Просмотров: 97 | Рейтинг: 0.0/0