Sarob Guruhi - Bir Qadam
Bepayon sahro, bir o'zim yolg'iz,
Ayladin ayro, gapirmay bir og'iz.
Madorim ado, yiqildim holsiz,
Nega? u tomon ketasan.
Orzularimiz, olovlarday yonar,
Bergan vadalar, sochiladi har yona.
Ko'z yumgancha vaqt, o'tmishlardan tonar,
Nega? u bilan bittasan.

...Naqorat 2-marta aytiladi...
Bir qadam, bir qadam, u tomon qo'yib, bir qadam, bir qadam
Yuragim o'yib, bir qadam, bir qadam, tashlaysan.
Bir qadam, bir qadam, san kuni bo'yi, bir qadam, bir qadam,
Mani dardga qo'yib, bir qadam, bir qadam, u tomonga tashlaysan.

Shamollarda qolgan izlarin, izlab charchadim,
O'chirolmadim ismin, ko'ksimdagi parchadan.
O'zimmi ob qochaman, sani so'ragan barchadan,
Charchadim, azobni har bir qarchidan,

Yonimda qol, hech bo'lmasa hayoldan ketma ket,
Nega, uchrayverib dardla yo'limda ketma ket.
Mani adoyi tammom, qilgan sevgin furqati,
Pichoqning bir qadab, unga qo'yasan bir qadam.

San aybim ayt, yuribman mana bilmay,
Yaralarimga tuz sepishni san kanda qimay.
Befavo, borimmi bori sanga,
Yangi, yorni bori u tomonga.
Tobora bora, uzilmoqda oxiri borib ora,
Man ado bo'lmoqdaman, borib bora, uuu o'o'o'.

...Naqorat 2-marta aytiladi...
Bir qadam, bir qadam, u tomon qo'yib, bir qadam, bir qadam
Yuragim o'yib, bir qadam, bir qadam, tashlaysan.
Bir qadam, bir qadam, san kuni bo'yi, bir qadam, bir qadam,
Mani dardga qo'yib, bir qadam, bir qadam, u tomonga tashlaysan !
Категория: Sarob guruhi | Добавил: Shaxzodbek_Yoqubov (01-10-2018)
Просмотров: 73 | Рейтинг: 0.0/0