Sarob Guruhi - Bugun Yo'q, Ertaga
Kuni bilan bekorchilikda, umrim o'tadi,
Boshimni chiqarolmay netdan.
Varoqlamay kitobni bilimdonmiz,
Bosh chiqarolmay "paynet"dan.
Bilmadim nechinchisi, nu bugunam yana bitta qizni,
Be hayo so'zlar bilan "aynitaman".
Bundan yaxshiroq, bo'lolmasam kerak axa,
Bundan yaxshiroq, bo'lib ayt netaman.

Aytchi nechta? layk olyabsan? a?
Ziynatlaringni ko'rsatib.
Ensang qotib naushniging taqasan,
Onang keltirsa nasihatlardan 4 satr.
Yomonligini bilasan, aynan "o'shanaqalar"ni,
Kelajagiyu ertasin.
Yana yomonligini bilib, xuddi shuna,
Surating bilan, yana yangisini eritasan.

...Naqorat 2-marta aytiladi...
Qachon o'zgaramiz? bugun, yo'q ertaga,
Qo'rqaman qabul qilarkamni? bizni yer tagi.
Bilasan bu hayot nima? tugasa ertagi,
Javob beramiz ishon, bugun yo erta keb.

Rejim "smile" tashvishlaringni,
Unutib, hayotga qo'y qadam.
Kechani, o'ylasang ertaga borolmisan,
Narvon qo'yib yerdan oy qadar.
Kerakmas, yaxshidan yomonni izlama,
Uni ko'ksiga yoy qadab.
Sen hayotga boshqacharoq qarab ko'rgin,
Hamisha tozani izla, "loyqa"dan.

Yaxshi bo'lishadi, sen bilan topganini,
Nu bo'lolmas ota onang kabi.
Kimga yaxshilik qilay deb yurma,
Garang bo'p boq "ota onanga" bil.
Boshing devorga tegsa achiq qilma,
O'ylamasdim, undan koraman deb.
Ota onang bo'lsa, yoningda boysan,
Quchoqla, sizni yaxshi koraman de.

...Naqorat 2-marta aytiladi...
Qachon o'zgaramiz? bugun, yo'q ertaga,
Qo'rqaman qabul qilarkamni? bizni yer tagi.
Bilasan bu hayot nima? tugasa ertagi,
Javob beramiz ishon, bugun yo erta keb !
Категория: Sarob guruhi | Добавил: Shaxzodbek_Yoqubov (01-10-2018)
Просмотров: 84 | Рейтинг: 0.0/0